05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Dolzarb
29 Mart  2020 892

Moskva va Ar-Riyod neft narxida kelisha olmayapti

Rossiya bilan Saudiya Arabistoni neft narxi bo‘yicha bir to‘xtamga kelish niyatida emas, deb yozadi  Bloomberg agentligi.

Maqolada aytilishicha, Ar-Riyod o‘z pozitsiyasini  o‘zgartirmasligini tasdiqlagan. Saudiya Arabistoni Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazayotganini inkor etdi.

«Saudiya Arabistoni va Rossiya energetika vazirlari o‘rtasida OPeK+ kelishuvida ishtirok etuvchi mamlakatlar sonini oshirish yoki neft bozorida narxlarni muvofiqlashtirish borasida hyech qanday aloqa qilinmagan», — deyiladi Saudiya Arabistoni energetika vazirligi tarqatgan bayonotda.

Ar-Riyodning ushbu bayonoti shundan guvohlik beradiki, Saudiya Arabistoni bilan Rossiya o‘rtasidagi neft narxi bo‘yicha urush OPeK a’zolarining qarshiligiga qaramasdan hali uzoq davom etadi, deydi agentlik.

«Ularning bahsi  ushbu ikki davlatning ittifoqchilariga ham, raqiblariga ham tahdid soladi, hatto amerikaning slans neft kompaniyalari ham bozordan siqib chiqarilishi mumkin», — deya ta’kidlanadi  Bloomberg tarqatgan xabarda.

Bundan avval AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Saudiya Arabistonini jahon moliya va energetika bozorini «xotirjam qilishga» chaqirgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech