17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Xavfsizlik
7 Sentyabr  2019 419

Mo‘ynoqda noqonuniy ovchilar qo‘mita xodimlari mashinasiga o‘q uzdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimlari tomonidan Mo‘ynoq tumanidagi “Qazaqdarya” ovul fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan reyd vaqtida noqonuniy ovchilar qo‘mita xodimlarining mashinasiga zarar yetkazib, voqyea joyidan qochib ketgan, deya xabar qiladi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, 5-sentyabr kuni soat 06:30 larda qo‘mita xodimlari T.Toreniyazov, D.Kallibekov va A.Kalimbetovlar “Qazaqdarya” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Akpetkey” ko‘llar tizimida reyd o‘tkazadi. Reyd vaqtida, davlat raqami bo‘lmagan “UAZ” rusumli avtomashinada bo‘lgan noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan 5 nafar fuqarolar inspektorlarning qonuniy talabiga bo‘ysinmasdan, voqyea joyidan qochib ketishni ko‘zlab, qo‘mita xodimlari boshqaruvidagi davlat raqami 95 Y 469 GA bo‘lgan avtomashina baloniga o‘q otar ov miltig‘i bilan o‘q uzib, voqyea joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Mo‘ynoq tuman prokuraturasi tomoindan 2019-yil 6-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ulardan 3 nafari ushlangan.

Shuningdek, tezkor xodimlar tomonidan qolgan 2 nafar fuqarolar qidirilmoqda. Noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar boshqaruvidagi “UAZ” rusumli avtomashinaning davlat raqami aniqlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech