27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,2 °C

Mamlakatimizda
12 Mart  2019 1051

Mo‘ynoq tumanini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha nizom tasdiqlandi  

 

Hukumat qarori (211-son, 11.03.2019 y.) bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Mo‘ynoq tumanini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish va mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar beradi "Huquqiy axborot" kanali.

 

Nizomga muvofiq Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga sarflanadi:

  • Mo‘ynoq tumani infratuzilmasini yaxshilashga, qishloqlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda ichki yo‘llarni ta'mirlashga;
  • tuman uy-joy fondining ko‘p kvartirali uylaridagi umumiy foydalaniladigan muhandislik kommunikatsiyalarini ta'mirlashga, uylarga yondosh hududlarni obodonlashtirishga;
  • mahallalar hududida kutubxonalar tashkil etishga va ularni badiiy adabiyotlar bilan ta'minlashga;
  • kam ta'minlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olinishida boshlang‘ich badalni qisman yoki to‘liq qoplashga hamda maishiy texnika vositalariga bo‘lgan birlamchi ehtiyojni qondirishga;
  • qishloq va chekka hududlarda joylashgan ta'lim va tibbiyot muassasalarida ishlash uchun yuborilgan xodimlarni xizmat joylari bilan ta'minlashga.

Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi bunda Jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi hamda mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilganligini nazorat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech