22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,4 °C

Ijtimoiy hayot
18 Yanvar  2019 1638

Muammolar uyma-uy yurib aniqlanadi

Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Surat mahallakengashi.uz

Unga ko‘ra 2019-yil 1-fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlaydi va hal qiladi, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi tizim yaratiladi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Hududlar mahallalar va xonadonlar kesimida tahlil qilinadi, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa (1 yillik) va o‘rta muddatli tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

Ushbu rejalarni ijrosi Prezident Administratsiyasi tomonidan bevosita nazorat qilinadi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan aholi punktlari ro‘yxati Xalq qabulxonalari bilan kelishib shakllantiriladi.

Farmon bilan Xalq qabulxonalariga qo‘shimcha huquq va vazifalar yuklandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech