26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Sport
22 Aprel  2019 823

Muattar Nabiyeva Osiyo chempionatida 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi

Ayni kunlarda og‘ir atletika bo‘yicha ham Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Xitoyning Ninbo shahrida kechayotgan qit'a birinchiligida terma jamoamiz dastlabki medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Ayollar o‘rtasida -55 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz Muattar Nabiyeva musobaqada 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Yurtdoshimiz dast ko‘tarishda 91, siltab ko‘tarishda 113 kilogarmm natija qayd etib har ikki mashq va umumiy hisob (204 kg) bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.

Og‘ir atletika, Osiyo chempionati. Xitoy
Ayollar, -55 kg.
1. Siyun Lyao (Xitoy) – 224 kg (96 kg + 128 kg)
2. Xidilin Diaz (Filippin) – 209 kg (94 kg + 115 kg)
3. Muattar Nabiyeva (O‘zbekiston) – 204 kg (91 kg + 113 kg)

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech