18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,1 °C

Sport
29 May  2019 484

Murabbiy Joel Dias: «Bektemir Meliqo‘zievni ringda ko‘rgani ko‘zim yo‘q»

Professional boks bo‘yicha murabbiy, “Mir boksa” kompaniyasida murabbiylik qilayotgan meksikalik sobiq bokschi Joel Dias o‘zining yangi shogirdi Bektemir Meliqo‘ziev haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi GoSport.uz internet-nashri.

“Jin ursin, Bektemir, “bezori” Meliqo‘ziev bilan ringdagi mashg‘ulotlarni ko‘rgani ko‘zim yo‘q. Bunaqa paytda u bilan ishlashni umuman xohlamayman. Chunki uning zarbalari juda kuchli (kuladi), u hatto maxsus qoplamali boks yostiqchasini, yoki qo‘l lapasini urganda ham bu seziladi.

Umuman, bugungi kunda biz bilan shug‘ullanayotgan Isroil Madrimov (2-0, 2 KO) va Bektemir Meliqo‘ziev kabi bokschilar noyob iqtidor egalari. Ular prof-ringda 10ta jang o‘tkazguncha jahon chempionligi kamarini qo‘lga kirita olishadi», deya gapirib o‘tgan Dias.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech