09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,6 °C

Sport
6 Avgust  2019 639

Murodjon Ahmadaliyev tarixiy rekord qayd etishi mumkin

Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev mazkur vazn toifasi WBA chempionlik kamari uchun ringga chiqishi ko‘pchilikka ma'lum edi. “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi M.Ahmadaliev bir yo‘la ikkita chempionlik kamari uchun jang qilishini rasman tasdiqladi, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet-nashri.

Manbaga ko‘ra, https://gosport.uz/boxing/iyeromanbusenmi/ yo‘nalish chempioni Daniel Romanning (27-2-1, 10 KO) promouterlari uzoq davom etgan o‘ylanishlardan so‘ng Murodjon Ahmadalievga qarshi jangda ikkita kamarini ham o‘rtaga qo‘yishi ma'lum bo‘ldi. Oldinroq, Roman faqatgina Murodjon majburiy da'vogar bo‘lgan WBA kamarini o‘rtaga qo‘yishi aytilgandi. Ammo yakunda u ikkala kamarni ham himoya qilish uchun ringga chiqadigan bo‘ldi.

Jang 14 sentyabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Murodjon Ahmadaliev bu jangda g‘alaba qozongan taqdirda professional boks tarixida 7ta jangdayoq bir yo‘la ikkita chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan ilk bokschiga aylanadi. Shuningdek, u O‘zbekiston boksi tarixida ilk marta bir yo‘la ikkita chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan sportchiga aylanishi mumkin bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech