17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,4 °C

Hukumat
28 Dekabr  2018 1611

Murojaatnomada bayon qilingan har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha hisobot berib boriladi

Mazkur Murojaatnoma  kelgusidagi vazifalar va maqsadlarni ro‘yobga chiqarishda bosh dasturilamal hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari joriy yildan Murojaatnomada bayon qilingan har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha bajarilgan ishlar haqida oliy vakillik organlarida hisobotlarni eshitish amaliyotini joriy etish zarurligini qayd etdi.

"Biz yangi yildan boshlab siyosiy hayotimizda yangi bir amaliyotni joriy etamiz. Kirib kelayotgan yilning bosh hujjati bo‘lgan Murojaatnomada bayon qilingan har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida Bosh vazir hukumat a’zolari bilan birga Senat va Qonunchilik palatasi oldida har oyda hisobot berib boradi" dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz, shuningdek, bu jarayonni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish, shu tariqa fuqarolar Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlardan xabardorligini ta’minlash imkoni yaratilishini aytib o‘tdi.​​

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech