06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,8 °C

Turizm
26 Avgust  2019 667

Mustaqillik bayrami munosabati bilan chegirmalar joriy etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tadbirkorlik sub'ektlari bilan hamkorlikda mustaqillikning 28 yilligi munosabati bilan joriy yilning 5 sentyabr kuniga qadar yurtimizdagi 200 ga yaqin joylashtirish vositalari (mehmonxonalar va oilaviy mehmon uylari), 80 dan ortiq transport vositalari (avtobus, mikroavtobus va yengil avtomobillar) hamda 110 dan ortiq umumiy ovqatlanish shoxobchalari (kafe, restoranlar va b.) uchun chegirmalar joriy etilganligini ma'lum qiladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bunday hamkorlikdagi ishlarning davomli ravishda amalga oshirilayotganligi davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi.

Ushbu turdagi tadbirlarning amalga oshirilishi aholining oilaviy dam olish kunlarini mazmunli tashkillashtirish hamda yurtimizning o‘ziga xos maskanlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. 

Avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan bayram arafasida ichki yo‘nalishdagi qatnovlarga 10 foizdan 50 foizgacha chegirmalar joriy qilingani haqida xabar bergandik.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech