21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Mamlakatimizda
9 Iyul  2019 1734

Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga oid Prezident qarori qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan davlat mustaqilligining 28 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi tasdiqlandi.

Komissiya «Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqadi.

Istiqlolni tarannum etadigan eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari uchun «Yagonasan, muqaddas Vatan!» respublika tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkaziladi.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida e'lon qilinadi va taqdirlanadi.

Shuningdek, «Eng ulug‘, eng aziz», «Ranglar jilosida – ona diyor», «Vatan uchun yashaylik!» kabi an'anaviy ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech