01 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,9 °C

Mamlakatimizda
14 Yanvar  2019 2668

Mustaqillik va ezgulik monumentiga gulchambarlar qo‘yildi

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuni katta ko‘tarinkilik bilan bayram qilinmoqda.

 

Xalqimiz uchun qadrli va ulug‘ bayramlarda Mustaqillik va ezgulik monumentiga tantanali gul qo‘yish marosimi yaxshi an'anaga aylangan. Bayram munosabati bilan 14-yanvar kuni tinchligimiz, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu maqsadlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga tantanali gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda O‘zA.

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyati vakillaridan bir guruhi harbiy orkestr sadolari octida Mustaqillik va ezgulik monumentiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Shundan so‘ng davlatimiz madhiyasi yangradi. Faxriy qorovul vzvodi monument yonidan tantanali marsh sadolari ostida o‘tdi. 

Shuningdek, Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari harbiy orkestr sadolari ostida Vatanga qasamyod majmuasi poyiga gulchambarlar qo‘yib, ona Vatan himoyachisi ramziga hurmat-ehtirom ko‘rsatdi.

 

 

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech