25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,1 °C

Mamlakatimizda
6 Aprel  2020 320

Muzey tarixdan so‘zlaydi, tarbiyani mustahkamlaydi

Qoraqalpog‘iston mudofaa ishlari boshqarmasida Ikkinchi jahon urushi muzeyi tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi mudofaa ishlari boshqarmasida harbiy xizmatga kelayotgan navqiron yigitlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga urushda ota-bobolarimiz ko‘rsatgan jasorat va qahramonliklarini yetkazish maqsadida hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab Ikkinchi jahon urushi yillarining muzeyi tashkil etildi.

Darvoqye, armiya ostonasi – mudofaa ishlari bo‘lim va boshqarmalaridan boshlanishi, ayni haqiqat. O‘sib kelayotgan yigit konstitutsiyaviy burchini ado etish uchun armiya bilan tanishishni aynan shu dargohdan boshlaydi. Demak uning harbiy vatanparvarlik tarbiyasi ham shu joyda yanada yuksaladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi mudofaa ishlari bo‘limida urush yillaridagi muzey fondida qoraqalpoq xalqining fashizm ustidan g‘alaba qozonishga qo‘shgan hissasi, aholining front ortidagi xizmati haqida batafsil ma’lumotlar va dalillar keltirilgan. Muzeyda 100 ga yaqin eksponatlar, 200 ga yaqin tarixiy hujjatlar joy olgan. Muzey fondini yanada boyitish davom ettiriladi.

Ta’kidlash joizki, Ikkinchi jahon urushi yillarida Qoraqalpog‘istondan 50 mingdan ortiq insonlar frontga ketgan. Ulardan 34 mingdan ziyodi jang maydonida halok bo‘ldi va bedarak yo‘qoldi. 20 mingdan ziyod fuqarolar front ortida turli mamlakatlarda sanoat, kon-metallurgiya shaxtalarida hamda mamlakatimizning sanoat muassasalarida xizmat qilgan. Albatta, Qoraqalpog‘iston xalqining bu mehnatini, g‘alabaga qo‘shgan hissasini hyech kim unutmaydi va uning abadiyligini ta’minlash uchun kuch va g‘ayrat safarbar etiladi, deb xabar beradi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech