27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,4 °C

Ijtimoiy hayot
24 Aprel  2019 864

Muzrabotdagi sayyor qabulda 78 ta muammo joyida hal etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezindenti maslahatchisi o‘rinbosari A.Usmonov boshchiligida Surxondaryoning Muzrabot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 172 nafar fuqoradan 212 ta murojaat kelib tushdi. Shuni aytish lozimki, eng ko‘p murojaat sud-huquq, uy-joy, yer ajratish, sog‘liqni saqlash, aholi bandligi bilan bog‘liq masalalardir.

Sayyor qabulda 78 ta muammo joyida hal etildi. Boshqacha aytganda murojaatlarining 41 foizi ijobiy bartaraf etildi. Misol uchun tumandagi “Yangidiyor” mahallasida yashovchi fuqaro Nargiza Nurmuhammedova va Gulchehra Bobonazarovalarga davolanish uchun order ajratilib, shu kunning o‘zida shifoxonaga yuborildi.

“Bodomzor” mahallasidan Abdumurod Odinayevning ichki yo‘llarni va ko‘prikni ta’mirlash borasidagi murojaati yuzasidan tuman hokimi topshirig‘iga ko‘ra yo‘llarga tosh to‘kish, ko‘prikni ta’mirlash ishlari zudlik bilan boshlab yuborildi.

Tumandagi “Navro‘z” mahallasidan Oyzoda Azimova nabirasi Dinara Ismatovani Qozog‘istonning Almata shahrida bo‘ladigan xalqaro musobaqada ishtirok etishi uchun yordam so‘rab qilgan murojaati ham shu joyning o‘zida hal etildi. Dinara tumandagi 14 maktabning 4-sinfida o‘qiydi. Taekvondo bo‘yicha bir qator respublika va xalqaro musobaqalar g‘olibi. Otasi va bobosi avto halokat tufayli vafot etishgan. Bu chempion qiz 15-mayda bo‘ladigan xalqaro musobaqada ishtirok etib yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan bo‘ldi. Homiylikni esa “Muzrabot bunyodkori” MChJ jamoasi o‘z zimmasiga oldi.

Qabulda tadbirkorlar Abduqodir Hamdamov, Oybarchin Mo‘minova, Chori Safarqulov, Hasan Boyqobulovlar tuman dehqon bozori yonidagi do‘konlari buzilishi haqida ogohlantirish olganliklarini aytib shikoyat qilishdi. Bu borada agar bozorni qayta qurish va kengaytirish maqsadida yo‘l yoqasidagi savdo do‘konlari buzilsa ularga yer ajratilishi, imtiyozli kredit yoki do‘kon berilishi va’da qilindi. Bu masalani ijobiy hal etish tuman xokimi o‘rinbosari Ahmad Yo‘ldoshevga yuklatildi.

Qabul davomida 10 ta murojaatga asosli huquqiy javob berilgan bo‘lsa, 115 tasiga muddat belgilanib nazoratga olindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech