18 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,4 °C

Urbanizatsiya
14 Yanvar  2020 526

Yaqin ikki yilga ulkan qurilish mo‘ljallanmoqda

Prezidentimizning 2020-yil 10-yanvardagi «2020-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Portal pv.uz/«Pravda Vostoka»/14-yanvar. Qarorda 2020-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlangan bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- 2020-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy parametrlarini;

2020-2022-yillarda ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi ob’ektlarini ishga tushirishning asosiy parametrlarini;

- Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning maqsadli dasturlarini.

Ma’muriy, muhandislik-infratuzilma, suv xo‘jaligi, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalarini, tibbiyot muassasalari ob’ektlari va boshqalarni qurish va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutiladi.

2020-yilning 1-fevraliga qadar «Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech