19 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,8 °C

Bilasizmi?
6 May  2019 1057

Raj Kapur studiyasi o‘rnida hashamatli uy-joy qad rostlaydi

Mashhur hind aktyori Raj Kapur oilasi bundan 70 yil muqaddam Mumbay shahrida asos solingan studiya hududini sotdi.

Studiyaning yangi egasi ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyadir. 2017-yilgi yong‘inda juda sezilarli zarar ko‘rgan binolar buziladi va ochilgan maydonda elita turar-joy majmuasi quriladi, deya xabar beradi manba.

Aslida oila sotish uchun qarorni o‘tgan yili qabul qilgan. Biroq mamlakat jamoatchiligi bunga norozilik bildirgandi – ilgarigi studiya o‘rnida «Bollivudning oltin asri» muzeyi tashkil etilishi borasidagi gap-so‘zlar paydo bo‘lgandi.

Biroq 2017-yilgi yong‘in hind klassik kinosiga aylangan filmlar suratga olingan pavilonni butunlay yo‘q qildi. Barcha dekoratsiyalar, liboslaru boshqa potensial eksponatlarning bari kuyib ketgandi.

Hududning yangi egalari uy-joy majmuasi bilan birga yana savdo markazi ham qurish niyatida.  Ular aktyor xotirasini saqlab qolishga va’da qilishgan. Yangi turar-joy majmuasi ramzi - Kapur studiyasi emblemasi bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech