02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Urbanizatsiya
25 Dekabr  2019 1177

Poytaxtimizda Yangi yil bayramida avtomobillarga qo‘shimcha to‘xtab turish joylari tashkil etildi

Poytaxtimizda bayram tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan 2020-yilning 10-yanvariga qadar aholi qulayligi uchun avtomobillarga qo‘shimcha to‘xtab turish joylari tashkil etildi. Yo‘llarning ayrim qismlarida harakat cheklanmaydi va ulardan avtoturargoh sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi:

- Amir Temur shoh ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan O‘zbekiston shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Amir Temur shoh ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan Istiqlol ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Buxoro ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasidan Taras Shevchenko ko‘chasigacha hamda Zarafshon ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha bo‘lgan qismlarida;

- Matbuotchilar ko‘chasining Sharof Rashidov shoh ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha bo‘lgan qismida;

- Sharof Rashidov shoh ko‘chasining Matbuotchilar ko‘chasidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi bir tomoni;

- Olmazor ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Afrosiyob ko‘chasining Beshyog‘och ko‘chasidan Yunus Rajabiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Buyuk Turon ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida (ko‘chaning ushbu qismi avval xabar qilinganidek yopilmaydi);

- Istiqlol ko‘chasining Istiqbol ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Istiqbol ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismida.

Shuningdek, tadbirlar o‘tkaziladigan hududlardagi bir nechta avtoturargohlar haqida eslatib o‘tamiz.

1. 50-sonli maktab ro‘parasida;

2. “Oloy” bozori yonida;

3. “Xalqlar do‘stligi” saroyi yonidagi ikkita avtoturargoh;

4. “Humo Arena” muz saroyi yonidagi avtoturargoh.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech