19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

Xavfsizlik
28 Avgust  2019 1574

Toshkent shahrida bino konstruksiyasining qulashi oqibatida 4 kishi vafot etdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahrida bino konstruksiyasining qulashi oqibatida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha axborot berdi.

Bugun, 28-avgust kuni soat 13:00 lar atrofida Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida yangi qurilayotgan “Riviera” savdo majmuasining qurilish jarayonida metall konstruksiyaning qulashi sodir bo‘lgan. Natijada, 4 nafar ishchi-xodim vafot etgan va 2 nafari tan jarohat olgan. Vazirlik voqea yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar berilishini ma'lum qildi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech