25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,7 °C

Mamlakatimizda
18 Fevral  2019 1745

Poytaxtdagi temir yo‘l vokzallarida bepul Wi-Fi xizmati tashkil etildi

“Toshkent-Markaziy” va “Toshkent-Janubiy”  temir yo‘l vokzallarida tezligi 100 Mb/s bo‘lgan bepul Wi-Fi xizmati tashkil etildi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Ushbu xizmat vokzal hududida joylashgan va har qanday uyali aloqa operatorining abonentlari bo‘lgan yo‘lovchilar erkin foydalanishlari mumkin. Temir yo‘l chiptasi bor xorijlik sayyohlar uchun esa maxsus vaucher  hamda bepul internetga kirish imkoni beriladi. Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha temir yo‘l vokzallarida internetga bepul ulanishni kengaytirish bo‘yicha jadal ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida ham mazkur Wi-Fi texnologiyasidan foydalanish imkoniyati mavjud. Oliygoh talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun 70ta Internetga ulanish nuqtasi joriy etilgan. Shu bilan birga, ushbu texnologiya “Sihatgoh” sanatoriy-profilaktoriyasida ham qo‘llanilmoqda.

Ushbu loyiha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “SOLA” savdo belgisi ostida tanilgan “Asia Wireless Group” qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.


Qanday qilib yangi xizmatga ulanish va undan foydalanish mumkin? Buning uchun, foydalanuvchi erkin cheklovchiz Wi-Fi tarmoqlari ro‘yxatidan “ SOLA”ni tanlab, tizmga (belgilangan shaklda telefon raqami kiritlib internetga kirish uchun parolni SMS bilan qabul qilinishi orqali) kirish mukin bo‘ladi.

Wi-Fi dan bepul foydalanish belgilangan vaqt ichida amal qiladi, so‘ng lozim bo‘lsa “PayMe”, “lik”, “Paynet” to‘lov tizimlari orqali kerakli pul o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi. “Visa” xalqaro to‘lov tizimi bilan integratsiyasi 2019-yilning o‘rtalarida joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech