26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Mamlakatimizda
14 Iyun  2019 810

Orol dengizining qurigan qismida O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlari chegaralanadi

Avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq, 2019 yil 10-14-iyun kunlari Jizzaxda O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorlikdagi demarkatsiya komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar davlatlararo chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni davom ettirdilar, shuningdek, Orol dengizining qurigan qismida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasi uchastkasida dala demarkatsiyasi ishlarini bajarish yuzasidan fikr almashdilar.

Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari «ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullayev va Qozog‘iston Respublikasi TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha Elchisi Zulfiya Amanjolova tegishli bayonnomani imzoladilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech