20 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Sport
24 Iyun  2019 418

Nadiya Dusanova Polshadagi xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi

Kecha Polshaning Opole shahrida yengil atletika bo‘yicha “Opolski Festiwal Skoków” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Jahonning taniqli atletlari ishtirokida kechgan bahsda terma jamoamiz vakillari ham o‘z omadini sinab ko‘rishdi, deb xabar bermoqda moq matbuot xizmati.

Quvonarlisi, musobaqada ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash sektorida qatnashgan hamyurtimiz Nadiya Dusanova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Ukraina vakilasi Irina Gerashenkoga nasib etgan bo‘lsa, italiyalik Alessiya Trost kuchli uchlikni yakunlab berdi. E'tiborlisi, barcha sovrindorlar bir xil 1.86 metr natija qayd etishgan. Dusanova ushbu balandlikni birinchi urinishning o‘zidayoq zabt eta olgani uning yuqori o‘rindan joy olishini ta'minladi. Qolgan sovrindorlar bu natija uchun 2 tadan urinish sarflashdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech