14 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28 °C

Ijtimoiy hayot
13 Aprel  2020 970

Gender komissiyasi ishonch telefoni

Mamlakatimizda davom etayotgan majburiy izolyasiya davrida, avvalo, oilaviy munosabatlar sinovdan o‘tmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmas.

Hatto sog‘lom muhit hukm surayotgan xonadonlarda ham ba’zida asabiylik va ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin. Notinch oilalar uchun esa bu vaqt chinakam inqiroz payti bo‘lmoqda. Shuni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan jabrdiyda ayollarning himoyasi alohida nazoratga olingan.

Bunda, ayniqsa, huquq-tartibot organlari bilan yaqindan hamkorlik olib borilib, ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan axborotga ko‘ra, 16-martdan 9-aprelga qadar vazirlikka tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollardan 203 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan 180 ta holatda «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq, xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtirib berilgan. 23 ta holatda esa ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan mahalla faollari va tegishli tuzilmalar vakillari bilan birgalikda olib borilgan tushuntirish ishlari tufayli oila a’zolari yarashtirilgan.

Shularni inobatga olgan holda, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi tomonidan BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YuNFPA), Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi bilan birgalikda  joriy yil 10-aprelidan  «Ishonch telefoni» xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Endilikda opa-singillarimiz telefon raqamlari orqali «Ishonch telefoni» operatoridan oilada huquqbuzarlikning oldini olish masalalari bo‘yicha bepul maslahat olishlari mumkin.

          Huquqshunos: +99897 137 26 26;                 

          Ruhshunos:  +998 97 137 27 27;  

          Ishonch telefoni operatori: +99897 137 24 24

Xotin-qizlarimiz o‘zlarining barcha savollariga mutaxassislardan batafsil javob olishadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu «Ishonch telefoni» xizmati har kuni 8-00 dan 18-00 gacha uch oy karantin davrida davomida faoliyat ko‘rsatadi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech