29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,6 °C

Xavfsizlik
31 Mart  2020 539

Namangan 212 nafar yurtdoshimizni uylariga kuzatdi

Namanganga joriy yilning 16 mart kuni Latviya va Eron davlatlaridan 212 nafar fuqarolar qaytarilgan edi.

O‘n to‘rt kunlik karantin davrida Latviyadan  keltirilgan yurtdoshlarimizning 175 nafari  «Kosonsoy» sanatoriyasida, Erondan kelgan 37 nafar hamyurtlarimiz To‘raqo‘rg‘on tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi  tibbiy kuzatuvida bo‘ldilar.

Bugun ular karantin muddatini o‘tab bo‘lib o‘z viloyatlariga kuzatildilar. Karantinni o‘tab bo‘lgan 10 nafar Farg‘ona hamda 5 nafar Andijon viloyati fuqarolari maxsus avtotransportlarda doimiy yashash manzillariga kuzatildi.

Tibbiy kuzatuv davrida mazkur shifo maskanlarida mamlakatimiz fuqarolariga qulay sharoitlar yaratildi. Ularning salomatligi uchun har kuni ikki bor tibbiy prafilaktik ishlar olib borildi. Shunday ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik uchun tibbiy kuzatuvda bo‘lganlarning barchasi o‘z minnatdorchiligini izhor etdi. 

Ma'lumot o‘rnida qayd etish kerakki, tibbiy-kuzatuv va nazorat ishlariga 98 ta tibbiyot xodimlari biriktirildi. Fuqarolar xavfsizligi va nazoratini kuchaytirishda 28 nafar harbiylar jalb etildi. 

Janubiy Koreya Respublikasidan mamlakatimizga olib kelinganlar orasida 29 nafar namanganlik fuqarolar bo‘lgan. Viloyatimiz fuqarolari tibbiy nazorat davrini Toshkentning Bo‘stonliq tumanidagi «Chotqol» sanatoriyasida o‘tadi. Huddi shu tartibda bugun ular ham Namangan viloyatiga qaytishdi. 

Ulug‘bek Ro‘zimatov,
Namangan viloyati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech