25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,1 °C

Salomatlik
10 Aprel  2020 1143

Namanganda ham to‘rt nafar bemor sog‘aydi

Bugun Namangan viloyatidagi to‘rt nafar koronavirusni yuqtirgan fuqaro butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga olinish baxtiga muyassar bo‘ldi.

Ular viloyat reabilitatsiya markaziga kuzatib qo‘yildi. Kasallikdan tuzalgan fuqarolar ma'lum muddat shu yerda karantinda bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga ko‘ra, har bir bemorga ikki nafardan shu sohada ko‘zga ko‘ringan tajribali mutaxassislarni jalb qilinganligi, shuningdek, shifokorlar bemorlarni davolash jarayonida mamlakatimizning qator yetuk mutaxassislari bilan telemuloqot o‘rnatib, ulardan kerakli tavsiyalarni olayotgani ham qo‘l kelmoqda. Bular aniq tashxis qo‘yish va samarali davolash imkonini beryapti.

Eslatib o‘tamiz, hozirda yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 42 nafari ushbu kasallikdan to‘liq forig‘ bo‘lishdi. Shu kunlarda shifokorlarimiz mamlakatimizning boshqa hududlaridagi davolash muassasalaridagi bemorlarning ham sog‘ayib ketishlari uchun bor mahoratlarini ishga solgan holda qahramonlarcha kurashmoqda, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech