14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Kеyingi avlod
17 Sentyabr  2019 946

Namanganda qo‘shma tibbiyot fakulteti ochildi

2019-yilning 14-sentabrida Namangan davlat universitetida Sverdlovsk oblasti Yekaterinburg shahridagi Ural davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma tibbiyot fakultetining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Uning ochilishiga Ural davlat tibbiyot universiteti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor O.P. Kovtun shaxsan tashrif buyurdi, deya xabar beradi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Marosimni viloyat hokimi Xayrulla Bozorov tantanali kirish so‘zi bilan ochib berdi va so‘nggi yillarda ta’lim sohasidagi jadal rivojlanish borasida so‘zladi. Hozirga qadar Namanganda Rossiya Federatsiyasining uchta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgani, ular soni yana bittaga ko‘payganidan mamnun ekanini bildirdi.

Faxriy mehmon O. Kovtun esa, avvalo, loyiha tashkilotchilari – Namangan viloyat hokimi X.Bozorov, Namangan davlat universiteti rektori M.Esanovga minnatdorlik bildirdi hamda ushbu hamkorlik nafaqat tibbiyot rivojiga, balki, xalqlar, viloyatlar, talabalar va hamkasblar do‘stligini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Tibbiyot universiteti rektori inson hayotini asrash, salomatligini saqlash muhim kasb ekanini aytib, yangi hamkasblariga bu borada omad va zafarlar tiladi. Shundan so‘ng tadbirga tashrif buyurganlar yangi o‘quv binosining shart-sharoitlari, tibbiy jihozlari, laboratoriyalari bilan tanishdilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech