19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Xavfsizlik
5 Oktyabr  2019 426

Namanganda telefon ta'mirlash ustaxonasi tunab ketildi

Bugun, 5-sentabr kuni soat taxminan 01.00dan 04.00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida xususiy tadbirkor A.K.ga tegishli bo‘lgan Namangan shahar 4-kichik tumanda joylashgan telefon apparatlarini ta'mirlash ustaxonasida o‘g‘irlik sodir etildi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

 

Noma'lum shaxs, ustaxonaning oynasini sindirib kirib, ta'mirlash uchun topshirilgan 46 dona har xil turdagi telefon apparatlari, bir qancha telefon aksessuarlari va ehtiyot qismlari, “Canon I sensys 3110” rusumli printer, ta'mirlash uskunalari hamda 24 dona simkartalarni o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu jinoyatni 1989 yilda tug‘ilgan Namangan shahrida yashovchi A.R. sodir etganligi aniqlanib ushlangan. A.R.ning yashash xonadonidan o‘g‘rilangan buyumlar daliliy ashyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech