19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

Xavfsizlik
30 Avgust  2019 624

Namangandagi YTHda uch kishi vafot etdi

29-avgust kuni soat 17:30larda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani “Tegirmon” MFY hududidan o‘tuvchi “Uchqo‘rg‘on-Xaqulobod” yo‘lida avtohalokat sodir bo‘ldi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, 52 yoshli A.A. “Damas” rusumli avtomashinasini haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lning qarama-qarshi tomoniga ag‘darilgan vaqtida shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 24 yoshli S.M. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada “Damas” avtomashinasi haydovchisi A.A. jarohat olib voqyea joyida, uning ikki nafar yo‘lovchilari esa kasalxonaga olib kelinganida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech