09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,3 °C

Mamlakatimizda
11 Noyabr  2019 464

NamDUda KOICA tashkiloti ko‘magida media markaz tashkil etildi.

Namangan davlat universitetida KOICA tashkiloti tomonidan moliyalashtirilgan media markaz ochildi, deb xabar qiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati.

Endilikda mazkur media markazda universitetning amaliy matematika yo‘nalishi talabalariga kompyuter grafikasi va dizayn sohasida “Mahorat darslari” o‘tkaziladi. Darslar Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

NamDU va KOICA tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik 20 yillik tarixga ega bo‘lib, ayni vaqtda ikki nafar koreyalik mutaxassis koreys tili va kompyuter grafikasi  bo‘yicha talabalarga dars berib kelmoqda. Universitet Janubiy Koreyaning 10 dan ortiq yetakchi OTMlari bilan hamkorlik o‘rnatgan bo‘lib, ular bilan akademik hamkorlik davom etmoqda.

Yangi o‘quv yilidan universitetda koreys tili va kompyuter grafikasi kabi yo‘nalishlarda bakalavr mutaxassislarini tayyorlash rejalashtirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech