25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,4 °C

Xavfsizlik
27 Fevral  2020 1126

Narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash — bashariyat ishi

Yaponiya bilan Markaziy Osiyoda BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi Toshkentda muhim hujjat imzoladidlar.

2020-yil 27-fevralda Toshkent shahrida Yaponiya Hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, Markaziy Osiyodagi Chegara aloqa bo‘linmalari (ChAB) va O‘zbekistondagi Idoralararo mobil guruhlarning (IMG) salohiyatini oshirish orqali chegaralararo hamkorlikni takomillashtirish yo‘li bilan giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan UNODC tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6,8 million AQSh dollari miqdorida grant bitimini imzoladilar.

Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Yoshinori Fudziyama Ushbu loyiha Markaziy Osiyodagi davlatlar o‘rtasida chegara nazoratini yanada takomillashitirish orqali narkotik moddalar savdosi muammosiga qarshi birgalikda kurashish samaradorligining oshishiga, hamda giyohvand moddalar musodarasining ortishiga va chegaralararo uyushgan jinoyatlarning kamayishiga olib kelishiga umid bildirdi.

Ushbu tashabbuslar doirasida ko‘rsatiladigan amaliy ko‘mak qonunchilik va amaliy-me’yoriy bazani rivojlantirishga, huquqni muhofaza qilish soxasida qo‘llaniladigan ixtisoslashtirilgan zamonaviy jihozlar bilan ta’minlashga, shuningdek o‘quv kurslari, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash borasidagi hamkorlikdagi tezkor tadbirlar o‘tkazish orqali huquqni muhofaza qilish idoralarining salohiyatini oshirishga qaratilgan, — deya ta’kidladi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining Direktori janob Olim Narzullaev.

BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Ashita Mittal xonim amalga oshirilayotgan hamkorlik uchun Yaponiya xalqiga, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlariga minnatdorlik bildirar ekan, giyohvand moddalar va jinoyatchilikning mamlakatlarimiz, jamiyat, oilalar va yoshlarga ko‘rsatayotgan katta salbiy ta’siridan mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bizning umumiy majburiyatimiz deya ta’kidladi, deya xabar beradi BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech