23 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,1 °C

Bilasizmi?
3 Iyul  2019 666

NASA «Orion» kemasini evakuatsiya qilish tizimini sinovdan o‘tkazdi

NASA kelajakda boshqariladigan «Orion» kemasi evakuatsiya tizimini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi va test parvozi jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Uzoq kosmosga, ya'ni Oy va Marsga parvozlar uchun mo‘ljallanadigan kapsulaning maketi joylangan kema Kanaveral (Florida shtati) kosmodromidan havoga ko‘tarildi. Parvozning 55-soniyasida evakuatsiya tizimi avtomatik tarzda ishga tushirildi, tashuvchi qurilmadan kapsula chetga «chiqarib yuborildi».

«Hammasi rejalashtirilganidek ajoyib bo‘ldi», deydi NASA vakilasi mahkama saytidagi jonli efir chog‘ida.

NASA seshanba kuni jurnalistlar uchun brifing o‘tkazdi, o‘tkazilgan sinov natijalari haqida batafsil ma'lumot berdi.

Sinov taxminan uch daqiqa davom etdi va kelajakda ichida astronavtlar bo‘ladigan kapsulani okeanga tashlash bilan yakunlandi. Oxirgi soniyalarda kapsuladagi sinov parvozi haqida ma'lumot to‘plagan datchiklar tushirilgan.

NASA o‘tgan davrda nafaqat evakuatsiya tizimini sinab ko‘rishga, balki parvoz jarayoni haqida barcha ma'lumotlarni to‘plashga muvaffaq bo‘lishiga umid qilmoqda. Ularni 900 turli sensorlar to‘playdi, deya xabar beradi rambler.ru.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech