18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,8 °C

Dolzarb
27 Mart  2019 1953

NASA 2024-yilda insonni Oyga tushirishga va'da berdi

NASAning Kosmik parvozlar markazida o‘tkazilgan va o‘zi raislik qilgan Milliy kosmik kengash yig‘ilishida AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Amerika aerokosmik agentligiga Oyga parvozlarni tiklash muddatini belgilab berdi.

 

Bunda Oyning Janubiy qutbiga qo‘nish vazifasi yuklandi.

«Oyga tushgan birinchi ayol va navbatdagi erkak kishi raketalarda uchib kelgan Amerika astronavtlari bo‘lishadi, - dedi AQSh vitse-prezidenti. – Biz hozir xuddi 1960-yillardagi kabi kosmik poygada ishtirok etyapmiz».

NASA agentligi rahbari Jim Braydenstayn vitse-prezidentga: «Chaqiruv qabul qilindi. Ishga kirishamiz», deya javob bergan.

Agentlik saytida e'lon qilingan bayonotda NASAning yaqin muddatlarga mo‘ljallangan strategik vazifasi past yer yaqini orbitasida parvoz qilish, so‘ng Oy va Marsni o‘zlashtirish ekani keltiriladi.

Ilgari astronavtlarning Oyga parvozlarini tiklash 2028-yildan keyinga mo‘ljallangandi. Ungacha yerning tabiiy yo‘ldoshiga boshqariladigan parvoz 1972-yilda amalga oshirilgan edi.

AQShdan tashqari yana ikki sobiq Sovet ittifoqi va Xitoy davlatlari Oyga kosmik apparatlarni uchirgan. Ammo har ikkala holatda ham unga ekipajsiz oydayurarlarni tushirishgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech