23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Voqea-hodisalar
23 Avgust  2019 606

Bolalar maydonchasidan Tan sulolasi merosi topildi

Xitoyning Shansi provinsiyasida ishchilar sport maydonchasi qurish uchun ajratilgan uchastkadan Tan sulolasi (618-907 yil) hukmronligi davriga taalluqli va yaxshi saqlangan qabrni topishdi.

Ilgari bu yer bolalar o‘yin maydonchasi bo‘lgan. Uni qayta qurish chog‘i ishchilar avvaliga tekis terilgan toshlarga, so‘ng devoriy suratlar va sopol buyumlarga duch kelishdi, deya xabar beradi The History Blog.

Keyin xuddi o‘sha joyda qazish ishlari olib borildi. Qabrtoshdagi o‘yma surat va naqshlar qabr nufuzli shaxsga tegishli ekanini ko‘rsatadi. Uning shaxsi va maqomi aniqlanmoqda.

Uning yaqinida esa maktab binosi bor. Ehtimol, qabr uning ostiga qarab ketgan va qazishni davom ettirish uchun binoni buzish lozim bo‘ladi. Bu boradagi muzokaralar hali tugagani yo‘q. Sport maydonchasi qurilishi esa to‘xtatib qo‘yilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech