06 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -4,4 °C

Harbiy
10 Mart  2020 1939

NATO uslublari o‘zlashtirildi

Besh kun davomida NATO mutaxassilari harbiy xizmatchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari  o‘tkazdilar.

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) mutaxassislari – mayor Endryu Karter (Buyuk Britaniya), polkovnik Yan Stinisen, kapitan Brit Moll va Xut xonim (Gollandiya) ishtirokida «NATO operatsiyalarida «huquq» mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Qurolli Kuchlar akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasi fakulteti tinglovchilari uchun tashkillashtirilgan mazkur o‘quv mashg‘ulotlari besh kun davom etdi.

Xorijlik mutaxassislar Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti dasturi asosida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga huquq yo‘nalishida ma’ruzalar o‘qishdi. O‘quv mashg‘ulotlari yakunida tinglovchilarga NATOning maxsus sertifikatlari berildi.

O‘z navbatida gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi polkovnik Rahimjon Obidov mehmonlarga Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy huquq fani bo‘yicha zarur ma’lumotlarni berib, o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida tomonlar ko‘zlangan maqsadlarga erishganini ta’kidladi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech