01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,1 °C

Ijtimoiy hayot
6 Dekabr  2019 1859

“Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” milliy aksiyasini o‘tkazish taklif etilmoqda

14-dekabr kuni respublikaning barcha hududlarida bir vaqtning o‘zida keng jamoatchilik uchun ommaviy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda, deb xabar qiladi “Yuksalish” umummilliy harakati.

Unda taniqlik insonlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, saylovga tayyorgarlik jarayonlari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida axborotlar beriladi, musiqiy dasturlar va turli viktorinalar o‘tkaziladi. Saylovlar haqida barcha ma'lumotlar sodda va tushunarli tilda aholiga yetkaziladi.

“Yuksalish” umummilliy harakati barcha takliflar uchun ochiqligini bildirgan. Barcha manfaatdor vazirlik va idoralar, biznes vakillari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlarini hamkorlikka chorlagan. Hozirda aksiya formati ishlab chiqilmoqda.

Tadbirlarni yanada samarali o‘tkazish bo‘yicha fikr va takliflarni “Yuksalish” UMH hududiy bo‘linmalari yoki markaziy ofisiga taqdim qilishingiz mumkin, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech