20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,8 °C

Energetika
13 Sentyabr  2019 534

Navoiy shahri aholisiga zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish boshlandi

Bugun, 13-sentabrdan “Toshelectroapparat” mas'uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda Navoiy viloyatining Navoiy shahri iste'molchilariga ham zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlanadi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Shaharda 12 634 ta aholi va 4 384 ta yuridik iste'molchilarga jami 17 018 ta hisoblagich o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Qayd etish joizki, hozirda mamlakatimizning 45 ta shahar hamda tumanlarida 1,4 milliondan ziyod elektr hisoblagich o‘rnatildi. Joriy yil oxiriga qadar 2,5 milliondan ortiq, 2020-yil yakuniga borib,  7 milliondan ziyod iste'molchining barchasiga zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatish ishlari yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, hisoblagichlar iste'molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari hisobidan bepul o‘rnatilmoqda. O‘rnatilayotgan elektr hisoblagichning ishlashi, undan foydalanish qoidalari va shunga o‘xshagan boshqa ko‘pgina ma'lumotlarni aholiga yetkazish uchun maxsus videorolik hamda yo‘riqnoma tayyorlandi va telegramm  kanalimizga joylashtirildi.

Ayni vaqtda hisoblagichlar o‘rnatishda biror bir anglashmovchilik yoki ta'magirlik holatlari kuzatilayotgan bo‘lsa, shuningdek, pul talab qilinayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo‘lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 78-150-75-64, 71-233-01-28, raqamlariga yoki  Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali (Admin bilan aloqa - @HET_admin)ham o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech