20 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,6 °C

Xavfsizlik
31 Oktyabr  2019 1024

Navoiyda tadbirkor gaz ta'minoti korxonasiga 417,3 mln. so‘m zarar yetkazdi

Bosh prokuratura matbuot kotibining ma'lum qilishicha, “Bahor I.O.” MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga tegishli bo‘lgan pishgan g‘isht ishlab chiqarish sexi tomonidan ist'emol qilinuvchi tabiy gazni  hisoblash uskunasining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirgan.

Natijada gaz ta'minoti hududiy filialining manfaatlariga 417,3 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan 30-oktabr kuni MIB Navoiy shahar bo‘limi tomonidan JKning 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech