27 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,1 °C

Ijtimoiy hayot
13 Yanvar  2020 1643

Endi bir qator tibbiyot ma’lumotlari DXM tomonidan beriladi

2020-yil 10-yanvarda Hukumatning “Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga ma’lumotnomalar berish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risda”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjatga muvofiq 2020-yil 1-apreldan boshlab fuqarolarning ruhiy kasalliklar bo‘yicha yoki narkologiya dispanserida hisobda turish yoki turmasligi haqidagi ma’lumotnomalar endi Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tomonidan taqdim etiladi.

Shuningdek, 2020-yil 1-apreldan:

ruhiy kasalliklar dispanseri yoki narkologiya dispanserida hisobda turish yoki turmasliklari haqidagi ma’lumotnomalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish amaliyoti bekor qilinadi;

narkologiya va ruhiy kasalliklarga chalingan fuqarolar hisobi faqat elektron shaklda yuritiladi.

2020-yil 1-martgacha davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, ushbu hujjat bilan fuqarolarning ruhiy kasalliklar dispanseri va narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech