14 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Dolzarb
30 May  2020 733

Dunyoda koronavirus. 30-mayda nima gap?

Karantin talablari barcha uchun barobar, u hech kimni ayamayapti.

Namibiya prezidenti, vitse-prezidenti va Bosh vazir partiyalarining 60 yilligini nishonlashda COVID-19 ga qarshi karantin cheklovlarini buzganliklari uchun jarimaga tortildi, deb xabar beradi The Guardian.

Himoya niqobini taqish, dezinfeksiya va oilada masofani saqlash koronavirus bilan alomatlarsiz zararlanishning oldini olishi mumkin, deb xabar beradi CNN.

The Telegraph axborot manbasining tarqatgan xabariga koʻra, AQSHda ishsizlik nafaqasini olish uchun arizalar soni 40 milliondan oshgan.

“Aeroflot” yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishda yangi tartiblarni joriy qildi. Endilikda yoʻlovchilar isitma boʻlmaganda faqat niqob va qoʻlqoplarda bortga chiqish mumkin, deb ogohlantiradi Aeroflot.

Interfaksning xabar berishicha, Fransiyada 2-iyundan boshlab “yashil” hududlarda kafe va restoranlar ochilishiga ruxsat berilgan.

Pandemiya tufayli 124-yillik tarixi davomida ilk marta Boston marafoni bekor qilindi. Uning oʻrniga bu yil “virtual tadbir” oʻtkaziladi. Tadbir ishtirokchilari marafon yuguruvchisi medalini olish uchun mustaqil belgilangan masofada yugurganliklarini isbotlashlari kerak boʻladi, deb xabar beradi New York Times.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech