25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,2 °C

Voqea-hodisalar
21 May  2020 274

Michigan shtatidagi jala oqibati

AQSHning Miglen okrugida zudlik bilan 10 mingdan ziyod odam evakuatsiya qilingan.

Michigan shtatida bir necha kun sharros yomgʻir quyishi natijasida Edenvill va Sanforddagi toʻgʻonlar yorilib ketgan.

AQSH Milliy meteoxizmati tabiiy ofatni “hayotga xavf soluvchi” deb baholadi. Bunga sabab Tittabavassi daryosining (u Detroytdan taxminan 200 kilometr uzoqlikdan oqib oʻtadi) suv sathi birdaniga koʻtarilib ketishi boʻlgan. Eng koʻp talofat koʻrgan Midlenda suv 3 metrgacha koʻtarildi, deb xabar beradi Euronews.

Michigan gubernatori Gretchen Uitmerning soʻzlariga qaraganda, “bunaqangi toshqin besh yuz yilda bir marta yuzaga keladi” ekan.

Federal hokimiyatning taʼkidlashicha, toʻgʻondagi vaziyatni kuzatib turish uchun AQSH energetikasi sohasi boshqaruv komissiyasi ofat roʻy bergan hududga muhandis va ekspertlarni joʻnatadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech