11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,3 °C

Voqea-hodisalar
28 Avgust  2019 2289

Yangi marsdayurar Fransiyada sinab ko‘riladi

Yevropa kosmik agentligi Marsda mavjud yoki oldingi hayot izlarini topishni maqsad qilgan «EkzoMars» missiyasiga mo‘ljallangan «Rozalind Franklin» marsdayurari yig‘ilishi yakuniga yetganini e'lon qildi.

Buyuk Britaniyada qurilgan rover (o‘zga sayyora yoki samoviy jism yuzasida harakatlanishga mo‘ljallangan kosmik apparat) sinov uchun Fransiyaga yuboriladi. U yerda apparatning past bosimli Mars atmosferasida Selsiy bo‘yicha minus 120 daraja haroratda qanday ishlashi mumkinligi aniqlanadi.

– Bu ilgari Marsga uyushtirilgan missiyalarga qaraganda butunlay yangicha loyiha hisoblanadi, endi sayyora tuprog‘iga 1,5-2 m chuqurlikka kirish imkoni mavjud va bu misli ko‘rilmagan hodisadir. Olimlar aynan Mars yuzasi ostida hayot alomatlarini topish ehtimoli katta demoqda va boz ustiga sayyora kosmik nurlanish ta'sirida sterillangan, – deya fikri bilan o‘rtoqlashadi Yevropa kosmik agentligining ExoMars loyihasi menejeri Petro Baloni.

 «Rozalind Franklin» roverining Marsga uchirilishi 2020-yilning iyul-avgust oyiga mo‘ljallangan. U Qizil sayyoraga ayni damda Italiyaga sinovlar uchun jo‘natilgan «Kazachok» rus desant moduli yordamida yetkaziladi.

www.invisionapp.com surati.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech