23 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,8 °C

Dolzarb
24 Mart  2020 689

Niderlandiya odamlarning uchtadan ziyod to‘planishi ta’qiqlanadi

Niderlandiya hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar doirasida odamlarning uchtadan ortiq to‘planishiga taqiq joriy qildi, deb xabar qiladi RIA «Novosti».

«Ushbu yangi tartib haqida dushanba kuni mamlakat adliya vaziri Ferdinand Grapperxaus matbuot anjumanida ma’lum qilgan», deyiladi xabarda.

Uch kishidan ortiq to‘planishga joriy etiladigan taqiq 1 iyungacha amal qiladi. Bundan tashqari, shahar hokimiyatlari ushbu tartibni buzganlarni, jumladan 1,5 metrlik masofaga amal qilmaydiganlarni ham jarimaga tortishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash milliy institutining so‘nggi ma’lumotida aytilishicha, Niderlandiyada yangi turdagi koronavirusga chalinganlar soni 4 749 kishiga yetgan, 213 kishi ofat qurboni bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech