23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,5 °C

Mamlakatimizda
30 Mart  2019 1276

Nishon tumanidagi mutasaddilar hamon “eski qolipda” ishlamoqda(mi?)

Hammamizga ayon bugungi kunga kelib yurtimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli ishlar, katta o‘zgarishlar olib borildi va bu davom etmoqda. Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizni yanada rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlar qizg‘in davom etayotir.

Odamlarning hayotdan xursand bo‘lib yashashlari uchun zarur choralar ko‘rilib, muammolari o‘rganilmoqda. Bu yo‘nalishda “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan tamoyil asosida ish olib borilmoqda.

Yurtboshimizning xalq manfaati yo‘lida boshlagan ezgu tashabbuslari zamirida, Prezident xalq qabulxonalari har bir viloyat va tuman, shaharlarda tashkil etilganligi ta'kidlash lozim. Ushbu yangi mexanizm yordamida nafaqat yuz minglab odamlarning muammolari hal etildi, balki murojaatlar turli sohalardagi ahvolni o‘rganish uchun imkoniyat eshiklari ochilganligini ko‘rsatmoqda.

Ammo afsuslar bo‘lsinki, portalimizga kelayotgan murojaatlar Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani hokimiyati va hahalla fuqarolar yig‘ini raisi mutasaddilari hanuzgacha “eski qolipda” ishlayotganligini ko‘rsatmoqda.

 “Men oilaviy sharoitim og‘irligi, ijtimoiy ko‘makka muhtojligim bois Nishon tumani hokimiga ariza bilan murojaat qilgan edim. Hokim esa davlatdan kredit olishim kerakligini bildirdi. Axir, hech qaerda ishlamasam kreditni qanday to‘layman, dedim. Shundan so‘ng Nishon tumani Paxtazor MFYga murojaat qildim. Mana uch yildirki, Soat Barakovga murojaat qilyapman. Hozirda yashash sharoitim juda og‘ir, uyim xaroba holatda. Biz bir necha bor uy muammosi bo‘yicha hokimlik eshigida sarg‘ayishga majbur bo‘ldik. Biroq hokimiyatdagi mutasaddilar biz qilayotgan murojaatlarning aksariyati bilan mahalla faollari shug‘ullanishini aytishadi. Qishning qahraton sovug‘ida uy tomidan suv o‘tib, bolam ikkalamiz kasal bo‘lib qoldik. Ijtimoiy, moddiy ko‘makka muxtojligim sababli “Menga 16 yoshgacha bolalar uchun nafaqa pulini yoki 3 oy yordam puli chiqarib bering”, deya mahalla raisi Soat Barakovga bir necha bor murojaat qildim. Ming afsuski, “Senga hech qanday yordam to‘g‘ri kelmaydi”, deb bir karobka shirinlik bilan aldab, taskin berib ketdi”, deyiladi Nishon tumanida yashovchi yolg‘iz ona Rizaqulova Mavjudaning murojaatida.

Bu kabi holatlarda, muhtaram Prezidentimizning, “Xalqimiz bizlarning ishlarimizdan rozi bo‘lsin”, degan so‘zlariga har bir davlat xizmatida ishlayotgan mutasaddilar yod olib qo‘yishi muhimdir.

Shu o‘rinda yana bir mulohaza, nahot muammoni hal etish uchun mahalla faollari yoki mutasaddi shaxslar bu yosh nihol qizchasi bilan qolgan yolg‘iz onaning uyiga borib uy sharoiti va uning qiynab kelayotgan muammosiga qiziqmagan.

Xo‘sh, qachongacha xududlardagi aholining muammolari kimningdir aralashuvi bilan hal etiladi?

Nishon tumanidagi mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limlari xodimlarining qanday ishlayotganini portalimizga murojaat yo‘llagan yolg‘iz onaning misolida, unga ko‘rsatilmayotgan yordam va ijtimoiy ta’minotga muxtoj oilalarga bo‘lgan e’tiborsizlikda ko‘rish mumkin.

Tuman mutasaddilari, mahalla fuqarolar yig‘ini ariza muallifining muammosini o‘rganmagan, uy-joyiga kelib ahvoli bilan qiziqmagan. Bu esa xonadonma-xonadon yurib, muammolarni o‘rganish va kam ta’minlanganlarni qo‘llab-quvvatlash masalasidagi ishlar mutlaqo talab darajasida emasligidan darak beradi.

O‘rganishlar jarayonida ma’lum bo‘ladiki, aholining muammo va kamchiliklarini o‘z vaqtida bartaraf etilmayotganligi tuman aholisining mahalliy hokimiyatga bo‘lgan ishonchi yo‘qolib borishiga olib kelmoqda.

Rizaqulova Mavjudaning murojaati aksariyat tashkilot va idoralar tomonidan mutlaqo e’tiborsiz qoldirilganligini qanday izohlash mumkin?

Nahotki, aholi murojaatlari bilan ishlashda sansolarlikka va turli murojaat, iltimosnoma, arizalarga hanuzgacha e’tiborsizlik bilan yondashayotgan mutasaddilar bugungi kun talabi va sharoitini unutib qo‘yayotgan bo‘lsa?!

O‘ylaymizki, yuqoridagi bir yolg‘iz yosh onaning qalbidagi nolasi ma’sul mutasaddilar tomonidan atroflicha o‘rganilib, muammolarga yechim topiladi.

Hamid Axror.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech