30 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,5 °C

Mamlakatimizda
7 Yanvar  2019 2643

Nizom tasdiqlandi, unga ko‘ra vazirlik tizimida qanday yangiliklar bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Nizomga muvofiq, vazirlik tizimiga quyidagi yangi tuzilmalar kiritildi:

malakani baholash markazlari;

Toshkent va Farg‘ona shaharlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari;

kasb-hunar kollejlari;

xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi;

“Ishga marhamat” band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Monomarkaz” MChJ;

O‘zbekiston-Malayziya kasb-hunar ta’limi markazi;

oldindan ko‘niktirish va kasbga tayyorlash markazlari.

Bandlikka ko‘maklashish markazlari negizida ishga joylashtirish sohasida “bir darcha” prinsipi bo‘yicha kompleks xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy ofislar tashkil etiladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq vazirlik ixtiyoridagi 2-Toshkent yuridik kolleji Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji etib qayta ixtisoslashtirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech