22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,8 °C

Xavfsizlik
20 Iyun  2019 505

Noqonuniy olib kirilgan 2 dona “Nexia” musodara qilindi

Bugungi kunda yurtimizda tovar moddiy boyliklar va transport vositalarini noqonuniy olib o‘tishning yashirin mexanizmi va “kanal”larini aniqlash va unga chek qo‘yish borasida muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tezkor ma'lumot asosida o‘tkazilgan tadbir chog‘ida Farg‘ona tumani Yoshlarobod qishlog‘i hududida “Nexia” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan N.T to‘xtatilib tekshirilganda uning qilmishi fosh bo‘ldi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati. 

1996 yilda ishlab chiqarilgan mazkur avtomashina kuzov va dvigatel raqamlariga ko‘ra qo‘shni davlatga tegishli ekanligi aniqlangan.

N.T.ning ko‘rsatmasi asosida uning Farg‘ona shahridagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, hovlisida 1 dona “Nexia” rusumli avtomashina turgani, u ham qo‘shni davlatga tegishli transport vositasi ekani ma'lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, N.T va A.Q.lar qo‘shni davlatga borib, u yerdagi tanishidan 2 dona “Nexia” rusumli avtomashinani sotib olgan. 600 dollar evaziga aylanma yo‘llar orqali, bojxona nazoratini chetlab, Farg‘ona tumani hududiga olib o‘tgan. 

Ular boshqa avtomashinaning davlat raqamlarini noqonuniy olib o‘tilgan mashinaga taqib qo‘yishgan. 2 dona “Nexia” rusumli avtomashinani ehtiyot qismlarga ajratgan holda O‘zbekiston hududida sotib foyda ko‘rmoqchi bo‘lgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur avtomashinalar O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatga olinmaganligi, ularning qiymati 44 million 500 ming so‘mni tashkil qilishi aniqlangan. 

Sud tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan tegishli jazo tayinlanib, 2 dona “Nexia” rusumli avtomashina davlat foydasiga musodara qilingan. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech