19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

Xavfsizlik
27 Avgust  2019 454

Noqonuniy olib o‘tilayotgan sovuq qurollar to‘xtatildi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona posti Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish guruhi tomonidan navbatdagi qonunbuzilish holatiga chek qo‘yildi.

Qo‘shni mamlakatdan yurtimizga piyoda kirib kelgan fuqaro R.N. o‘zi bilan olib kelgan qo‘l yuklarida taqiqlangan va deklaratsiyalanadigan tovarlar yo‘qligini ma'lum qilgan bo‘lsada, biroq bojxona nazorati jarayonida bu narsa tamoman aksi bo‘lib chiqdi.

Davlat bojxona qo‘mitasining xabariga ko‘ra, ushbu shaxsning sumkasi ichida hyech qanday hujjatlari bo‘lmagan jami 115 dona pichoqlar va kastetlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech