05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,9 °C

Xavfsizlik
30 Iyun  2020 385

Noqonuniy tashkilot faoliyatiga chek qoʻyildi

Toshkent shahri hududida xalqaro terroristik tashkilotining tarafdorlari aniqlanib, qoʻlga olindi.

2020-yil 30-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi DXX, IIV hamda Toshkent shahar DXXB, IIBB xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri hududida yashirin faoliyat olib borgan “Tavhid va jihod katibasi” (“TJK”, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016-yil 26-sentyabrdagi qarori bilan terroristik deb topilib, mamlakatimiz hududida uning faoliyati taqiqlangan) xalqaro terroristik tashkilotining bir guruh tarafdorlari fosh etildi.

Xususan, IIV huzuridagi Tergov Departamenti yurituvida boʻlgan jinoyat ishi doirasida Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlari hududidagi 8 ta manzillarda tintuv tadbirlari oʻtkazilib, 11 nafar shaxslar ichki ishlar idoralariga keltirildi.

Mavjud maʼlumotlarga koʻra, mazkur shaxslar hozirda Suriyada terroristik faoliyat olib borayotgan “TJK” jangarilarining gʻoyaviy taʼsiriga tushgan holda Toshkent shahrida yashirin guruh tuzib, noqonuniy yigʻilishlar davomida internet tarmogʻi orqali koʻchirib olingan ekstremistik mazmundagi materiallarni muhokama qilib kelishgan hamda “hijrat” va “jihod” amallarini bajarish maqsadida Suriya davlatiga chiqib ketishni rejalashtirishgan.

Ushlangan shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador boʻlgan ashyoviy dalillar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olindi.

Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiriga tushib, ijtimoiy tarmoqlarning shubhali saytlaridagi daʼvatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallardan foydalanmasliklarini, ularni saqlamasliklarini va tarqatmasliklarini soʻraymiz. IIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech