13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,1 °C

Xavfsizlik
5 Sentyabr  2019 540

Poytaxt maktablaridan birining yonida nostandart ogohlantirish belgisi o‘rnatildi

Sinov tariqasida Yashnobod tumanidagi 166-son umumta'lim maktabning yonida haydovchilarni e'tiborli, ehtiyot va ogoh bo‘lishga, o‘qish kunlarida soat 7:30 dan 18:00 gacha tezlikni 30 km/s gacha tushirishga chaqiruvchi «Maktab!» deb nomlanuvchi nostandart yo‘l belgisi o‘rnatildi, deb xabar beradi IIBB matbuot xizmati.  

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari o‘quv yili boshlangach umumta'lim muassasalari yaqinida yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga katta e'tibor qaratishadi. Ammo an'anaviy yondashuv bilan cheklanib qolmasdan, maktablarga olib boradigan yo‘llarni xavfsiz qilish uchun yangi usullarni qo‘llash zarur.   

Ushbu yondashuv haydovchilarni mas'uliyatliroq bo‘lishlarida muhim o‘rin tutadi, deyiladi IIBB xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech