22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,4 °C

Mamlakatimizda
21 Yanvar  2019 1183

Notariuslarning 10 foizi talabga javob bermaydi

Adliya vazirligi tomonidan har yarim yilda notariuslarning ish faoliyati sifatini baholash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan ko‘zlangan maqsad tizimda xalqqa xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini oshirish, ular faoliyatidagi kamchilik va muammolarni tuzatish hisoblanadi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Notariuslarning 2018-yil II yarim yillik faoliyatini baholash “Notarius”  avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda amalga oshirildi.

Baholash natijalari ko‘ra jami 635 nafar notariuslardan 21 nafari faoliyati “a'lo”, 341 nafari faoliyati “yaxshi”, 209 nafari faoliyati “qoniqarli”  deb baholandi.

Baholash reytingida (maksimal 100 ball) dastlabki 3 ta eng yuqori o‘rinni egallagan notariuslarning ikki nafari Toshkent shahrida va bir nafari esa Navoiy viloyatida ishlaydi:

Aziza Shuxratovna Shanazarova — Toshkent shahar, Mirobod tuman 9-son DNI notariusi — 91 ball;

Fozilxodja Xashimxodjaevich Nabiev — Toshkent shahar, Olmazor tuman 11-son DNI notariusi — 90 ball;

Ikrom Eshmirzaevich Isaev — Navoiy viloyati, Nurota tuman DNI notariusi — 90 ball.

Reytingda faoliyat  yuritayotgan notariuslarning 10 foizi (64 nafari) “talabga javob bermaydi” deb baholangan. Ularning  38 nafari Andijon viloyatida, 8 nafari Qashqadaryoda, 6 nafari Farg‘onada, 4 nafari Toshkent shahrida, 3 nafari Samarqand, 2 nafardan Namangan, Xorazmda hamda 1 nafari Sirdaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi. 

Adliya vazirligi tomonidan ish faoliyati “a’lo” deb topilgan notariuslarni rag‘batlantirish va “talabga javob bermaydi” deb baholangan notariuslar faoliyatini yaxshilash choralari ko‘riladi.

Endilikda, vazirlik tomonidan notariuslar faoliyatini bevosita  fuqarolar tomonidan notarial xizmatlarni olish vaqtida baholash tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech