08 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,8 °C

Urbanizatsiya
15 Noyabr  2019 854

Toshkentda yana bir yo‘l chizmasi sinov tariqasida qo‘llanilmoqda

Toshkent shahar IIBB YHXB YPX va Hokimiyat xodimlari hamkorligida yo‘llarda yuzaga kelayotgan tirbandliklarga qarshi chora ko‘rish maqsadida yo‘llarning muammoli hududlariga maxsus chizma yotqizilayotgandi.

 

Unga ko‘ra harakat yo‘lagida tirbandlik hosil bo‘lgan bo‘lsa, haydovchi chizma ustida harakatlanmasdan to‘xtaydi va orqadagi avtomobillarni ham to‘xtashga majbur qiladi.

Xalqaro tajribaga ko‘ra ushbu chizmaning ikki xil turi bor. Ularning biri bilan haydovchilar o‘tgan hafta tanishib, unga “vafel chizmasi” degan nom berishdi (tashqi ko‘rinishi sababli). Endi ikkinchi turi ham qo‘llanilmoqda. U Amir Temur va Osiyo ko‘chalari kesishmasida (“Qozog‘iston” kinoteatri) yotqizildi. Chizma chorraha chegarasini belgilaydigan ikki sariq rangdagi chiziqlarning kesishmalaridan iborat, deb xabar qiladi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Qayd etish lozimki, ikki turdagi chizmaning talablari bir xil: yo‘llardagi tirbandliklar bilan kurashish. Ushbu muammo chorrahalarda svetofor ishlamagan hollarda yaqqol ko‘zga tashlanadi: hattoki YPX inspektori tomonidan harakat oqimi boshqarilib turganda ham ba'zi avtomobilchilar tegishli ishorani kutib turmasdan “o‘tib ketmoqchi” bo‘lishadi. Bu esa avtomobillarning tiqilib qolishiga va kesib o‘tayotgan ko‘chalaridan harakatlanishni boshlagan mashinalarni yo‘li to‘sib qo‘yilishiga olib keladi. Natijada holat ushbu chorrahani kesib o‘tmmoqchi bo‘lgan barcha haydovchilar uchun muammoga aylanadi, uni hal qilish uchun esa qo‘shimcha vaqt talab etiladi.

Bir nechta katta chorrahalarda sinov chizmalaridan tashqari o‘ng tomonga buriluvchilar uchun “cho‘ntaklar” tashkil etilib, chorrahalardagi holat yanada yengillashadi. Ushbu imkoniyatlarni tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, hozirning o‘zida ko‘plab chorrahalarda chizmalar o‘ng tomonga burilish uchun imkon qoldirilgan holda yotqizilmoqda.   

Hurmatli haydovchilar! Chizmalarning ikki turi ham tirbandliklar bilan kurashishga mo‘ljallangan bo‘lib, sizning xavfsizligingiz uchun tashkil etilmoqda. Barchangizdan bugunoq ularga amal qilishni boshlashni so‘raymiz: boshqalarga ibrat bo‘lish bilan birga tez orada yuzaga kelgan qulaylikning guvohi bo‘lasiz, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech