25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,4 °C

Mamlakatimizda
13 Fevral  2020 1765

Uchuvchilar va bortkuzatuvchilar uchun yangi forma

«O‘zbekiston havo yo‘llari» 15 yil ichida birinchi marta uchuvchilar va bortkuzatuvchilar uchun yangi forma joriy qilmoqda.

Kiyimdagi asosiy ranglar – to‘q akvamarin va qizg‘ish-jigarrang. Qizlar uchun yangi to‘plam - yubka, shim, bluzkalar va ikki xil rangdagi kostyumdan iborat. Birinchi marta yengi kalta ko‘ylak joriy etildi. Bosh kiyimi, mato va charmdan tayyorlangan qo‘lqoplar, nomi yozilgan va brend nishonlari va ikki rangdagi bo‘yin sharflarini juz’iy qismlar sifatida o‘z ichiga oladi. Bluzkalar va ko‘ylaklardagi bezak sharqona uslubda yaratilgan. Erkak-bortkuzatuvchilar uchun – to‘q akvamarin (yashil havo rang) tusda bezak berilgan to‘q kulrang pidjak-shim-nimcha (uchtalik). Kumushrang bilan bezak berilgan furajka to‘q kulrang tusda.

Uchuvchilar uchun kostyumlar ilgarigi rangda qoldi. Brendlashtirilgan tugmalar va eksklyuziv erkaklar galstugi paydo bo‘ldi. Mato turli iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda tanlangan.

Imidjni o‘zgartirish loyihasida mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi. Matolarni tanlash va asosiy to‘plamning birinchi partiyasini tikish «Turkish Airlines (partial)», «Fly Dubai», «Albania Airlines», «Flynas» kabi aviakompaniyalar bilan ishlagan Turkiyaning «Dress Best Uniforms» korxonasi tomonidan amalga oshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech