19 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,6 °C

Bilasizmi?
6 May  2019 942

Misrda yangi topilma

Misr qadimiy yodgorliklari vazirligi fir'avnlarning ehromlari yonidagi Giza platosida ochilgan Qadimgi qirollik davriga tegishli qabrni jahon hamjamiyatiga taqdim etdi.

Arxeologlarning fikricha, kashf etilgan qabrlarning eng qadimiysi ohaktoshdan tayyorlangan va V sulolaga (eramizdan avvalgi 2500 yillar) tegishli.

«Qabrlar ikki kishiga tegishli. Ulardan birini ismi Benuy-Ka, ikkinchisinini – Nvi. Birinchisi yettita unvonga ega bo‘lgan, ikkinchisida, ular soni beshta edi. Benuy-Ka hakam va Fir'avn Xafraning shaxsiy kohini bo‘lgan», deydi qadimshunoslik bo‘yicha Oliy kengash rahbari Mustafo Vaziriy.

Dafn joyida juda ko‘p narsalar topilgan. Eng muhim topilma esa, qabr egalaridan birining, shuningdek, uning xotini va o‘g‘lining haykali bo‘ldi, deya xabar beradi Yevronyus.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech